“Liverpul” “Tyorf Mur” stadionida qiyin gʻalabaga erishdi
Kecha, 13-sentyabr kuni Angliya Premyer ligasi 4-turining soʻnggi oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Tur doirasida chempionatda karvonboshi boʻlib turgan “Liverpul” klubi “Tyorf Mur” stadionida “Byornli” jamoasi mehmoni boʻldi.
Taʼkidlash kerakki, liga debyutanti “Byornli” ushbu oʻyinda amaldagi chempionga yaxshigina muammo tugʻdira oldi. Uchrashuvning asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Faqatgina hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalar soʻnggida “Liverpul” penalti tepish huquqiga ega boʻldi.
Ushbu imkoniyatdan “mersesaydliklar” lideri Muhammad Salah unumli foydalandi. Uchrashuvda hisob boshqa oʻzgarmadi. Shu tariqa Arne Slot jamoasi navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Oʻyindan soʻng, “Sofascore” portali “Liverpul” sardori Virjil Van Daykning oʻyinini 8,3 ballga baholadi. Gol muallifi Muhammad Salahning harakatlari esa portal tomonidan 6,6 ballga loyiq koʻrildi.
Maʼlumot uchun, “Liverpul” jamoasi keyingi oʻyinini UEFA chempionlar ligasi doirasida “Atletiko Madrid” klubiga qarshi oʻtkazadi. Mazkur uchrashuv 18-sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring