Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 ming 320 ta davlat granti boʻyicha roʻyxatdan oʻtish boshlandi
Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 ming 320 ta davlat granti boʻyicha roʻyxatdan oʻtish boshlandi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan davlat granti boʻyicha roʻyxatdan oʻtish “my.uzbmb.uz” sayti orqali amalga oshiriladi.
Rasmda keltirilgan nodavlat OTMlarga toʻlov-kontrakt asosida tavsiya etilgan quyidagi abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda ishtirok etishi mumkin:
- davlat OTMlariga hujjat topshirmagan va bevosita nodavlat OTM imtihoni asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar — ular test sinovlarida ishtirok etadi (majburiy);
- nodavlat OTMdan tashqari davlat OTMlariga ham hujjat topshirib, testdan oʻtgan, lekin davlat OTMlariga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar (agar yoʻnalish va fanlar mos kelsa) — ular oʻzlari toʻplagan ballari asosida, fanlar majmuasi va taʼlim tili mos boʻlsa, tanlovda qatnashadi. Test topshirishi shart emas. Shuningdek, toʻplagan bali bilan tanlovda ishtirok etishni istamasa, ularga qayta test topshirish imkoniyati beriladi.



Muhim sanalar:
- Roʻyxatdan oʻtish: 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham);
- Test sinovlari: 12-oktyabrgacha oʻtkaziladi;
- Natijalar: 17-oktyabrgacha aniq boʻladi.
Roʻyxatdan oʻtishda testda ishtirok etadigan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring