Kamala Harris AQSH prezidenti lavozimiga yana nomzodini qoʻyish ehtimolini istisno etmadi
AQSHning sobiq vitse-prezidenti Kamala Harris kelajakda yana mamlakat prezidenti lavozimiga nomzod sifatida ishtirok etishi mumkinligini bildirdi, deb yozadi TASS.
Jurnalistlar undan “AQSH tarixidagi birinchi ayol prezident boʻlishingiz mumkinmi?” deb soʻraganida, u qisqa qilib:
“Ehtimol”, — deb javob bergan va oʻzining siyosiy kelajagi boʻyicha hali yakuniy qarorga kelmaganini aytgan.
Harris, shuningdek, oʻzining saylovdagi imkoniyatlarini past baholovchi soʻrovnomalarga eʼtibor bermasligini taʼkidladi.
— Men siyosatdan chetga chiqmoqchi emasman. Jamiyatga xizmat qilish — bu mening qonimda bor, — dedi u.
Eslatib oʻtamiz, Kamala Harris 2024-yil noyabr oyida oʻtgan AQSH prezidentlik saylovlarida Donald Trampga magʻlub boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring