Iqtisodchilar forumida qanday masalalar koʻriladi?

09:34 27 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
2055 0

Bugun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish  vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan XII “Pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar va Oʻzbekiston aholisining kambagʻallik darajasini qisqartirish” mavzusida birinchi marotaba Zoom platformasida, onlayn tarzda iqtisodchilar forumi tashkil etiladi.

Xalqaro nufuzga ega boʻlgan ushbu yirik forumda butun dunyoda global muammo darajasiga koʻtarilayotgan COVID-19 bilan bogʻliq muammolarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, pandemiyaning respublika iqtisodiyotiga taʼsiri va shu jumladan, aholi orasida kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilinadi.

Forumda Koreyaning savdo va investitsiyaga koʻmaklashish agentligi (KOTRA), Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi(JICA), Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO), Turkiya koordinatsiya va hamkorlik boʻyicha agentligi (TIKA), Osiyo Taraqqiyoti Bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, GIZ, UNICEF, UNDP va boshqa katta xalqaro iqtisod va moliya institutlarining vakillari, ilm sohasida faoliyat yurituvchi 300 dan ortiq mahalliy va xorijiy mutaxassislar yetuk iqtisodchi olimlar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari rahbarlari va mamlakatning barcha hududlaridan iqtisodiyot yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlari, vazirlik, idoralar va tadbirkorlik tuzilmalari vakillari ishtirok etadilar.

forumni oʻtkazishdan maqsad bugun, jahon iqtisodiyoti turli talafotlarni boshdan kechirib, iqtisodiy inqirozlar yuz berayotgan bir davrda har bitta mamlakat, hudud, korxona, tadbirkor va aholi iqtisodiy jihatdan oʻz-oʻzini himoyalash choralari hamda pandemiya keltirib chiqarayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammoli oqibatlarni qanday yechish mumkinligi boʻyicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Forumning asosiy maʼruzachilari taniqli mahalliy iqtisodchi-olimlar va shu bilan birga Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi, YUNISEF va Xalqaro mehnat tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlarning yetakchi mutaxassislari.

Beshta asosiy mavzuni oʻz ichiga qamrab olgan ushbu xalqaro forumda:

- pandemiya sharoitida Oʻzbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining ijtimoiy- iqtisodiy oqibatlarini prognoz qilishda makroiqtisodiy yondashuvlar, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash choralari va mexanizmlarini takomillashtirish va bozor jarayonlari yana-da faollashtirish;

- raqamlashtirish sharoitida qashshoqlikni kamaytirish omili sifatida yangi sanoat siyosat va real sektorini rivojlantirish omillari;

-inson kapitalini yana-da oshirish va qashshoqlikni kamaytirish, bandalik va aholi farovoniligini oshirish, xizmatlarni rivojlantirish va aholi turmush sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar;

-pandemiyada mintaqalarning, xususan qishloq joylarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini barqarorlashtirish yoʻllari va choralari;

-pandemiya sharoitida iqtisodiyotni raqamlashtirish va innovatsion jarayonlarni faollashtirish asosida yangi ish oʻrinlarni yaratish va qashshoqlikni kamaytirish uchun investitsiya muhiti va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, mavzulari doirasida mutaxassislar maʼruza qiladilar va fikr almashadilar.

Xalqaro forumda turli vazirliklarning iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislari, respublikamizdagi bir qator oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari, turli korxona va tashkilotlarning vakillari ishtirok etadi.

Dilshod ULUGʻMURODOV.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?