Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya uchun arizalar qabuli ochildi
Prezidentning tegishli farmoni bilan joriy yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlangan.
Subsidiyalar soni oʻtgan yilgiga nisbatan 1,5 baravarga oshirilgan boʻlib, dastur doirasida 30 000 nafar talabgorlarga ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratish belgilandi. Arizalar qabuli bugun, 3-mart kuni soat 09:00 da boshlandi.
Fuqarolar arizani davlat xizmatlari markazlariga bevosita borib yoki my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda topshirishlari mumkin. Subsidiya olish uchun ariza beruvchi va uning yaqin qarindoshlarining oʻrtacha daromadi Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda 3 118 500 soʻm soʻmdan 9 240 000 soʻm soʻmgacha, Toshkent shahrida esa 3 118 500 soʻmdan 10 626 000 soʻmgacha boʻlishi kerak.
Shuningdek, ariza topshiruvchi yoki uning turmush oʻrtogʻi nomida butun respublika hududida mulk huquqi bilan uy-joy boʻlmasligi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring