Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (637-son, 10.10.2025-y.) bilan “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi toʻgʻrisida ”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur nizom, imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha hujjatlarni taqdim etishda yagona talablarni belgilaydi.
Shuningdek, zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillariga ega boʻlgan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarni Roʻyxatga kiritish zarurati haqidagi xodimlarning takliflari ikki nusxada tayyorlanib, ish beruvchi hamda korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga yuboriladi.
Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash va ish beruvchiga taqdim qilish uchun Komissiya quyidagilarni tekshiradi, jumladan:
- ish joyining rejasi ishlab chiqarishlar, ishlar va uskunalar joylashgan korxonaning bosh loyihasiga mosligini;
- texnologik jarayonga, uskunalarni ishlatish boʻyicha qoidalarga rioya etilganini, jihozlar, asboblar va uskunalar sozligini;
- jamoa va shaxsiy himoya vositalarining mavjudligi va yaroqliligi, himoya kiyimining mavjudligi va mosligini;
- Tekshirish vaqtida aniqlangan mehnat sharoitlarining belgilangan meʼyorlarga nisbatan buzilishi holatlari va kamchiliklar attestatsiya oʻtkazilishiga qadar bartaraf etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring