Hindistonda sayyohlar avtobusida yongʻin chiqib, kamida 20 kishi halok boʻldi
Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida turistlar avtobusida yongʻin chiqishi oqibatida kamida 20 kishi halok boʻldi, deb xabar beradi TASS.
Xabar qilinishicha, Haydaroboddan Bangalorga yoʻl olgan avtobusda taxminan 44 yoʻlovchi boʻlgan. U milliy avtomagistralda mototsikl bilan toʻqnashgan.
Mototsikl avtobus ostiga kirib ketib, yonilgʻi bakiga urilgan va bu portlash hamda yongʻinning butun avtobus boʻylab tez tarqalishiga sabab boʻlgan.
Avariya sodir boʻlgan paytda yoʻlovchilarning koʻpchiligi uxlab yotgan. Baʼzilar uygʻonib, oynalarni sindirib tashqariga sakrab chiqishga muvaffaq boʻlgan, ammo qolganlar ichkarida tiqilib qolgan. Mahalliy aholi yongʻin oʻchiruvchilar kelguniga qadar jabrlanganlarni qutqarishga uringan.
Politsiya hodisa yuzasidan tergov boshlagan. Avtobus haydovchilari voqea joyidan darhol qochib ketgan boʻlib, ularni hozirda qidiruv ishlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring