Hafta oxirida baʼzi joylarda qor yogʻishi kutilmoqda

16:33 03 Dekabr 2025 Jamiyat
195 0

“Oʻzgidromet” 5-8-dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 7-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 5-7-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi,8-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 5-dekabrda 6-11 daraja iliq, 6-8-dekabrda 8-13 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 5-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 6-7-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 6-11 daraja iliq; 6-8-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 5-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 6-7-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-dekabrda 8-13 daraja iliq, 6-8-dekabrda 10-15 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 5-dekabrda kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 6-7-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 8-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 5-6 va 8-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 7-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-dekabrda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 6-8-dekabrda kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?