“Guliston — Chinorkent — Guliston” yoʻnalishi boʻyicha tezyurar elektropoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

12:02 28 Mart 2025 Jamiyat
113 0

Ahmadali SHERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Bugun Gulistondan Boʻstonliq tumanidagi “Chinorkent” bekatiga tezyurar yoʻlovchi elektropoyezdi qatnovi boshlandi. Yangi yoʻnalishda harakatlanayotgan mazkur elektropoyezd vagonlarida barcha sharoit va qulayliklar mavjud. Uning birinchi yoʻlovchilari mehnat faxriylari, nuroniylar, OAV vakillari boʻldi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu yoʻlovchi poyezdi har kuni qatnaydi. Yaʼni jadvalga asosan Gulistondan tongi soat 6:11 da yoʻlga chiqsa, Chinorkentdan Gulistonga 15:43 da joʻnaydi va 19:00 da Gulistonga yetib keladi. Yoʻnalish masofasi 3 soat-u 30 daqiqada bosib oʻtiladi.

Aytish lozimki, bu yangi yoʻnalish Sirdaryo viloyati va unga qoʻshni hududlarda yashayotgan aholiga Boʻstonliq tabiatining goʻzal manzaralariga sayr-u sayohat qilishlarida katta qulaylik yaratgani holda ichki turizmni rivojlantirishdagi samarali yangiliklardan biri boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?