Googleʻdan Appleʻgacha: Xorijiy kompaniyalar Oʻzbekistonga 6 oyda qancha soliq toʻlagani ochiqlandi
Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 60 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar-iyun oylarida 48,4 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar koʻp. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.
Eng koʻp soliq Meta korporatsiyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp egasi) tomonidan toʻlangan – 18,4 milliard soʻm.
Toʻlangan soliqlarning 95,1 foizi elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi:
- Meta - 18,4 mlrd soʻm;
- Google - 12,9 mlrd soʻm;
- Apple - 9,8 mlrd soʻm;
- Vooking.com - 1,1 mlrd soʻm;
- Amazon - 949,2 mln soʻm;
- Zoom - 696,6 mln soʻm;
- Netflix - 666 mln soʻm
- Assa - 652,1 mln soʻm;
- Xsolla - 449,3 mln soʻm;
- Adobe - 301,3 mln soʻm.
Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari Oʻzbekistonda oʻtgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni toʻlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring