FVV “zapravka”larda portlashlar sodir boʻlishi koʻpaygani fonida murojaat bilan chiqdi
Foto: FVV
Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoqilgʻi quyish, saqlash va tashish korxonalari rahbarlariga murojaat bilan chiqdi. Vazirlik mazkur obyektlarda texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashni soʻragan.
FVV yoqilgʻilar bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagi talablarga qatʼiy rioya etishga chaqirgan:
• bu kabi yonish va portlash ehtimoli yuqori boʻlgan obyektlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha alohida tartib oʻrnatilishi;
• yongʻinga qarshi birlamchi vositalar doimiy soz holatda boʻlishi va bu ishlarga masʼul shaxslar tayinlanishi;
• yongʻin vaqtidagi harakatlari boʻyicha ishchi xizmatchilarning bilim va koʻnikmalari tekshirilib turishi, ularning malakasini oshirish choralari koʻrilishi;
• suyultirilgan gaz benzin va dizel yoqilgʻisini rezervuarlarga toʻkish davrida yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilishi;
• avtomobillarga oʻrnatilgan gaz balonlarini oʻz vaqtida nazoratdan oʻtkazib turish.
Taʼkidlanishicha, hozirda respublikaning har bir hududida mazkur yoʻnalishda tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan nazorat va profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda.
“Unutmang arzimagandek tuyulgan talablarga rioya etmaslik oʻzingiz va atrofingizdagi insonlarning hayoti hamda sogʻligiga ziyon yetkazishi mumkin”, deyiladi vazirlik murojaatida.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 13-avgust kuni Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida portlash yuz berdi. 10-avgustda esa Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi “zapravka”da yongʻin chiqdi. Shuningdek, 8-avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shaharida, 5-avgustda Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida joylashgan AYQShlarda yongʻin sodir boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring