Fargʻonada yetakchi xotin-qizlarning yuzma-yuz muloqoti tashkil etildi

11:08 24 Aprel 2025 Jamiyat
120 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahrida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda viloyat hokimligi hamkorligida yetakchi xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Innovator, lider ayollar bilan davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish sari” deb nomlangan seminarda viloyatdagi eng faol, tashabbuskor va rahbarlik vazifasida faoliyat olib borayotgan opa-singillarimiz qatnashdi.

Seminarda davlat organlari va tashkilotlaridagi xotin-qizlarning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning liderlik qobiliyatini rivojlantirish masalalari hamda bu boradagi mavjud muammolar muhokama qilindi.

— Birgina oʻtgan yilning oʻzida davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlariga oʻtkazilgan tanlovlarda 750 nafarga yaqin opa-singillarimiz gʻolib boʻldi, — deydi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining Fargʻona viloyati filiali rahbari Ahadjon Akbarov. — Shu bilan birga, ilk marotaba davlat xizmatiga ishga kirgan yoshlar, “mahalla yettiligi”ga ishga qabul qilinayotganlarning ham salmoqli qismi xotin-qizlardan iboratdir. Bu keyingi yillarda opa-singillarimizning jamiyat hayotidagi oʻrni mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

Yuzma-yuz muloqot doirasida “Zakovat” intellektual oʻyini ham uyushtirilib, gʻoliblar hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?