Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga topshirish masalasini kechiktirdi
“Bloomberg” xabariga koʻra, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga yordam sifatida ishlatish masalasini koʻrib chiqishni dekabr oyigacha kechiktirdi.
Yevropa Ittifoqida Kiyevga 140 milliard dollarlik “reparatsion kredit” ajratish taklifi ilgari surilgan boʻlib, ushbu mablagʻ Rossiyaning muzlatilgan aktivlari garovi evaziga berilishi rejalashtirilgan.
Biroq Belgiya, Rossiyaning aktivlarining katta qismi aynan uning hududida joylashgani sababli, bu kredit bilan bogʻliq moliyaviy xavflar uchun mamlakat javobgar boʻlib qolmasligiga oid qoʻshimcha kafolatlar talab qilgan.
Shu munosabat bilan Yevrokomissiyaga turli yechim variantlarini ishlab chiqish topshirildi. Ular dekabr oyidagi Yevropa Ittifoqi sammitida muhokama qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring