YTTB Oʻzbekistonda “yashil” investitsiyalarni ragʻbatlantirish uchun 10 million dollar ajratadi

16:54 14 Dekabr 2023 Jamiyat
558 0

Arxiv surat

Yevropa taraqqiyot va tiklash banki rasmiy veb-saytida “YTTB Oʻzbekistonda “yashil” investitsiyalarni ragʻbatlantirish uchun mablagʻ ajratadi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

Nashrda YTTB Oʻzbekistondagi “Hamkorbank” ATBga 10 million AQSH dollari ajratilishi maʼlum qilingan.

“YTTB yirik xususiy kreditor “Hamkorbank”ga yangi mablagʻlar taqdim etish orqali “yashil” moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi va Oʻzbekistonda “yashil” innovatsiyalarni rivojlantirishga hissa qoʻshadi, — deyiladi maqolada. — Oʻzbekistonning II “yashil” iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi (GEFF II Uzbekistan) doirasida YETTBning 10 million dollargacha boʻlgan krediti “Hamkorbank”ga butun mamlakat boʻylab korxonalar va uy xoʻjaliklariga energiya samaradorligini oshirish boʻyicha kreditlar berish hajmini kengaytirish imkonini beradi”.

“GEFF II Uzbekistan” loyihasi Daniya, Niderlandiya, Shveysariya va Buyuk Britaniya ishtirokidagi Iqlim investitsiya fondi (CIF) hamda Yaponiya, Litva va Xitoy Taypeyi ishtirokidagi inklyuziv “yashil” kreditlashni rivojlantirish boʻyicha “Tenglik va gender harakatini qoʻllab-quvvatlash uchun” multidonor hamkorlik fondi (A4EG) texnik koʻmagida moliyalashtiriladi.

“GEFF Uzbekistan II” loyihasi YTTBning “yashil iqtisodga oʻtish (GET) yondashuvining bir qismi boʻlib, unda Bank 2025-yilga borib koʻpchilikka tegishli “yashil” bank boʻlishni maqsad qilgan. “GET” yondashuviga koʻra, YTTB 2025-yilga kelib “yashil” moliyalashtirishni 50 foizdan oshiradi. 2006-yildan beri YTTB 49 milliard yevrolik “yashil” investitsiyalar bilan shartnoma tuzdi va yiliga 124 million tonna karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishi kutilayotgan 2600 dan ortiq “yashil” loyihalarni moliyalashtirdi. Bugungi kunga qadar YTTB Oʻzbekiston boʻylab 146 ta loyihaga qariyb 4,4 milliard yevro sarmoya kiritgan”, — deb yozgan bank saytida joylashtirilgan maqola xulosasida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?