Yetakchilar yana ochko yoʻqotdi, “Manchester Siti”dan gʻalaba

13:27 07 Dekabr 2025 Sport
757 0

Kecha, 6-noyabr kuni Angliya Premyer ligasining 15-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan muhim bahslarga alohida toʻxtalib oʻtamiz.

“Arsenal” magʻlubiyatga uchradi

Turnir jadvalida qolgan jamoalardan sezilarli farq bilan oldinda borayotgan “Arsenal“ jamoasi bu turga kelib magʻlubiyatga uchradi. Bu jamoaning joriy yil Angliya Premyer ligasida uchragan ikkinchi magʻlubiyati boʻldi. Bunga qadar Mikel Arteta jamoasi faqatgina “Liverpul”ga magʻlub boʻlgan edi.

Uchrashuvda hisob 36-daqiqada mezbonlar tomonidan ochildi. Metti Kesh raqib darvozasini ishgʻol qildi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 52-daqiqasida Trossar hisobni tenglashtirdi. Oʻyin durangga qarab ketyapti. Ammo, hakam tomonidan ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan beshinchi daqiqada aynan dastlabki gol muallifi Kesh oʻrniga maydonga tushgan Emiliano Buendiya jamoaning gʻalaba golini kiritdi. Yakuniy hisob 2:1.

“Aston Villa” — “Arsenal” 2:1

Gollar: Kesh 36, Buendiya 90+5 – Trossar 52

“Aston Villa”: Martines; Kesh (Buendiya, 87), Konsa, Torres (Lindyolef, 87), Matsen; Kamara, Onana (Bogard, 75), Makgin (Sancho, 75), Tilemans, Rojers, Uotkins (Malen, 66).

“Arsenal”: Rayya; Uayt, Timber, Inkapiye, Kalafiori (Lyuis-Skelli, 87), Edegor, Subimendi, Rayc; Saka (Madueke, 79), Merino (Gokeresh, 46), Eze (Trossar, 46, Martinelli, 87).

“Chelsi” yana ochko yoʻqotdi

Turning yana bir katta qiziqishiga sabab boʻlgan bahs “Bornmut“ va “Chelsi” jamoalari orasida kechdi.

Biroq, bu bahsda muxlislar birorta golga guvoh boʻlmadi. Oʻyin deyarli teng kurashlar ostida kechdi. Mezbonlar oʻyin davomida “Chelsi” darvozasiga 13 ta zarba yoʻlladi. Ushbu zarbalardan soʻng, “aristokratlar” posboni Robert Sanchez 5 ta seyv namoyish etdi.

“Chelsi” klubi esa oʻyin davomida raqib darvozasiga 12 ta zarba yoʻlladi. Ushbu zarbalarning 6 tasi darvoza sohasiga aniq bordi. Biroq, bahsda hisob ochilmadi.

“Bornmut” — “Chelsi” 0:0

“Bornmut”: Petrovich, Smit, Senesi (Hill, 62), Diakate, Tryuffer, Skott, Ximenes (Adli, 74), Taverne, Klyuyvert (Bruks, 74), Semenyo, Evanilson (Unal, 87).

“Chelsi”: Sanchez, Gusto, Fofana, Chaloba, Kukurelya, Jeyms, Netu, Palmer (Joao Pedro, 58), Garnacho (Estevao, 77), Delap (Giui, 32).

“Liverpul” gʻalabani qoʻldan chiqardi

Inqiroz koʻchasidan chiqib keta olayotgan Arne Slot boshchiligidagi “Liverpul” klubi bu turga kelib gʻalaba qozonish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega edi. Biroq, bu gal ham gʻalaba qoʻldan chiqarildi.

Uchrashuvning birinchi boʻlimida har ikki jamoa juda faol oʻyin namoyish etdi. Biroq, hisob ochilmadi. Ikkinchi boʻlimda esa muxlislar 6 ta golga guvoh boʻlishdi.

48 va 50 daqiqalarda Aleksander Isakdan kuchliroq ekanini isbotlashga bel bogʻlagan Yugo Yekitike 2 ta gol kiritdi. 73-daqiqada mezbonlar penaltidan hisobni qisqartirishga muvaffaq boʻldi. Gol Kalvert-Levin hisobiga yozildi.

Oradan 2 daqiqa vaqt oʻtgach “Lids” jamoasi hisobni tenglashtirdi. Bu gal Anton Streyk Alisson Bekker darvozasini ishgʻol etdi. 80-daqiqada “Liverpul” yana hisobda oldinga oʻtdi. Golga Domink Szoboslay mualliflik qildi.

Oʻyinning asosiy vaqti 2:3 hisobida yakunlandi. Barcha “mersasaydliklar” nihoyat gʻalaba qozongani haqida oʻylay boshladi. Ammo, hakam tomonidan ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan oltinchi daqiqada Ao Tanaka hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa “mersasaydliklar” gʻalabadan qoʻldan chiqardi.

“Lids” — “Liverpul” 3:3

Gollar: Kalvert-Levin 73 pen, Shtah 75, Tanaka 90+6 – Yekitike 48, 50, Szoboslay 80

“Lids”: Perri, Biyol (Aaronson, 65), Streyk, Rodon, Bogl (Bornau, 90+3), Ampadu (Piru, 87), Shtah, Gruyev (Tanaka, 65), Gudmundsson, Kalvert-Levin, Okafor (Nyonto, 65).

“Liverpul”: Alisson, Van Deyk, Konate, Kerkez, Virts (Makallister, 68, Szoboslay, Bredli (Gomes, 68), Jons, Gakpo (Endo, 83), Gravenberh, Yekitike (Isak, 84).

“Manchester Siti”dan yirik gʻalaba

Etakchilarning ochko yoʻqotganidan Pep Gvardiola jamoasi unumli foyda oldi. Jamoa bu turda “Sanderlend“ klubini 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Oʻyinda kiritilgan gollarga himoyachilar Ruben Diash va Josko Gvardiol mualliflik qildilar. Yana bir gol Fil Foden hisobiga yozildi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov ushbu oʻyin qaydnomasidan oʻrin oldi. Ammo, maydonga tushirilmadi.

“Manchester Siti” — “Sanderlend” 3:0

Gollar: Diash 31, Gvardiol 35, Foden 65

“Manchester Siti”: Donnarumma, Nunes, Diash, OʼRayli, Gvardiol (Ake, 70), Sherki (Savino, 82), Niko, Foden (Reynders, 69), Doku, Silva (Lyuis, 82), Holand (Marmush, 69)

“Sanderlend”: Rufs, Mukiyele, Gertreyda, Ballard, Alderete, Hyum (OʼNayen, 88), Traore (Talbi, 56), Jaka (Mundle, 72), Sadiki (Adingra, 72), Le Freye, Izidor (Brobbi, 56)

Chetlatish: OʼNayen 90+3

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?