Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari boshlandi

11:09 28 Iyun 2024 Dunyo
479 0

Kollaj: WLIW

May oyida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokatda vafot etganidan soʻng oʻtkazilayotgan prezidentlik saylovlari bugun ertalab boshlandi.

Qayd etilishicha, konstitutsiyaning 131-moddasiga koʻra, prezident vafot etgan yoki mehnatga layoqatsiz deb eʼlon qilingach, uning vazifalari birinchi vitse-prezidentga oʻtkaziladi. Shundan soʻng 50 kun ichida saylov amalga oshirilishi kerak. Shu sababli ham hozirda davlat rahbari lavozimini vitse-prezident Muhammad Moxber egallab turibdi.

Prezidentlik uchun kurashda sobiq ichki ishlar vaziri Mustafo Purmuhammadiy, Eron oliy rahbarining Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Said Jaliliy, parlamentning amaldagi spikeri Muhammad Bagʻer Gʻolibaf va sobiq sogʻliqni saqlash va tibbiyot taʼlimi vaziri Masud Pezeshkiyan ishtirok etmoqda.

Ovoz berishning birinchi natijalari 29 iyun kuni tushdan oldin eʼlon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?