Ekologiya vazirligi huzuridagi “Green University”ga rektor tayinlandi

15:44 25 Iyul 2023 Jamiyat
366 0

2023-yil 24-iyuldan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (“Green University”) rektori lavozimiga Salixov Jasur Shavkatovich tayinlandi.

Jasur Salixov 1976-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (bakalavr)ni tamomlagan. 

Taʼkidlash joizki, Jasur Salixov katta xalqaro ilmiy tajribaga ega. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va Hamdoʻstlik vazirligining “Chivning” stipendiyasi (FCO Chevening Scholarship) sohibi. Buyuk Britaniyaning “York” universitetida magistr darajasini egallagan. Shuningdek, Yaponiyaning “Vaseda” universitetini Xalqaro strategiya yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasini tamomlagan hamda Buyuk Britaniyaning “Oksford” universiteti “Oriyel” kollejida tadqiqotchi sifatida faoliyat olib borgan. 

Jasur Salixov 2007-yilda Oʻzbekistondagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, fan doktori – dotsent darajasini qoʻlga kiritgan. 

Bundan tashqari, J.Salixov Yaponiya fondi aʼzosi boʻlgan va Tokio universitetida doktorlik dissertatsiyasidan keyingi ilmiy tadqiqotlarni yakunlagan. 15 yildan ortiq vaqt davomida Iqtisodiyot, Mikroiqtisodiyot va tegishli fanlardan maʼruzalar oʻqigan va seminarlar oʻtkazgan. 

Solihov bungacha Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti ijtimoiy rivojlanish departamenti direktori, moliya va boshqaruv prorektori lavozimlarida ishlagan.

J. Salixov 2014-yildan 2023-yil boshiga qadar Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori sifatida faoliyat yuritgan. Rahbarlik davrida Buyuk Britaniyaning “Bangor” va “Sandrlend” universitetlari hamda yangi qoʻshilgan “Tissayd” universitetlarining bir nechta yangi oʻquv dasturlarini joriy etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?