Davlat tashkilotlarining ochiqlik indeksi eʼlon qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yil yakunlari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlik darajasini koʻrsatuvchi ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi.
Unga koʻra, eng ochiq tashkilot sifatida 91,8 ball bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tan olindi. Undan keyingi oʻrinlarda Davlat soliq qoʻmitasi hamda “Oʻzavtosanoat” AJ turibdi.
Baholash jami 98 ta davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyatlari faoliyatini oʻrganish orqali amalga oshirilgan. Indeks 8 ta indikator va 84 ta mezon asosida shakllantirildi.
Umumiy natijalarga koʻra, 50 ta tashkilot “yashil” toifaga kiritildi (bu koʻrsatkich 2023-yildagi 31 ta tashkilotga nisbatan ancha yuqori), 35 ta tashkilot “sariq” toifaga kiritildi (2023-yilda bu raqam 43 tani tashkil etgan), 13 ta tashkilot esa “qizil” toifaga tushdi (bu oʻtgan yildagi 29 ta tashkilotga qaraganda ikki baravar kam).
Indeksda oʻrtacha koʻrsatkich 70 ballni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilga nisbatan 8 ballga yuqori .
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring