Chirchiqdagi muhim zavod 24 daqiqada sotilib ketdi. Kimoshdining boshqa ishtirokchilari hatto taklif ham bermagan

11-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan elektron auksionda “Elektrtarmoqqurilish” AJning Chirchiq metall tuzilmalar zavodi bino va inshootlari sotildi.
Chirchiq metall tuzilmalar zavodini auksionda yagona narx taklifini bergan “UET CONSTRUCTION” MCHJ 39,9 mlrd soʻmga sotib oldi. Bu haqda “E-auksion” saytidagi maʼlumotlarga asoslanib xabar berish mumkin.
Maʼlum boʻlishicha, kompaniya muhandislik inshootlari qurilishi bilan shugʻullanadi, ustav kapitali – 1,2 milliard soʻmni tashkil etadi.
Kun.uz saytining yozishicha, kimoshdi savdosi 24 daqiqa davom etgan va unda 39,9 milliard soʻm (boshlangʻich bahodan 5 foiz yuqori) narx taklifini bergan “UET CONSTRUCTION” MCHJ gʻolib deb topilgan. Savdo vaqtida bu korxonadan boshqa ishtirokchilar taklif bermagan.
Obyekt Toshkent viloyati Chirchiq shahri Transformatorchilar koʻchasida joylashgan boʻlib, 4,6 gektar maydonni egallagan. Investor obyektning sotilgan yakuniy narxidan 50 foizi miqdoridagi summani 10 kun mobaynida toʻlashi, qolgan qismini 6 oy muddat ichida toʻlashi kerak.
Kompaniyaning rasmiy saytida 1966-yilda Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi elektr stansiyalarini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlash strategik maqsadi bilan “Oʻzbekenergotaʼmir” AJ tashkil etilgani va ushbu shirkat uning davomchisi ekanligi bildirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring