Chirchiq davlat pedagogika universiteti tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti tomonidan oliy taʼlim sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, xalqaro tajribalar va innovatsion yondashuvlarni tahlil qilish, ularni milliy va xalqaro taʼlim tizimiga moslashtirish yoʻllarini muhokama qilish maqsadida “Koʻp tarmoqli tadqiqot va taʼlimning global istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Xalqaro konferensiya qamrovi va geografiyasi ham ancha keng boʻldi. Xususan, xalqaro konferensiya ishida mamlakatimizdagi oliy taʼlim muassasalari vakillari bilan birgalikda, Turkiya, Indoneziya, Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Belarus, Ukraina davlatlaridagi nufuzli yetakchi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, professor-oʻqituvchilari, taniqli olimlar, xalqaro ekspertlar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining mutaxassislari ishtirok etdi.

Jumladan, Turkiyaning Iksad, Adan Alpasan texnologiya universiteti, Indoneziyaning Pendidikan, Nigeri Malang, Qozogʻistonning Yevrosiyo milliy universiteti, Rossiya taʼlim akademiyasi, Ozarbayjon biznes va menejment universiteti, Tojikiston davlat pedagogika universiteti kabi ilgʻor oliygohlaridan taniqli professorlar qatnashib, samarali muloqot olib bordi.

Xalqaro konferensiyasi doirasida mamlakatimiz va xorijdagi taniqli olimlar ishtirokida ilmiy maʼruzalar taqdim etildi. Ushbu maʼruzalarda oliy taʼlim tizimini takomillashtirish, innovatsion yondashuvlar joriy etish va xorijiy tajribalarni oʻrganish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbir doirasida taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va transformatsiya jarayonlarini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha tajriba almashildi va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Konferensiya oliy taʼlimni transformatsiya qilish va xalqaro tajribani joriy etish boʻyicha muhim muloqot maydoni boʻlib xizmat qildi. Konferensiya yakunida xalqaro taʼlim va tadqiqot muassasalari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar hamda loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, taʼlimda raqamlashtirish va sunʼiy intellekt imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro taʼlim standartlari va baholash tizimlarini integratsiyalash, yetakchi xorijiy universitetlarning ilgʻor tajribasini Chirchiq davlat pedagogika universitetiga tatbiq etish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring