Bulungʻurliklarning koʻp yillik orzusi ushaldi
Bulungʻurda temir yoʻl kesishmasidagi tonnel foydalanishga topshirildi. Umumiy uzunligi 862 metr boʻlgan inshootning balandligi 5,5 metr, kengligi 40 metrdan iborat. Yoʻl oʻtkazgich boʻylab 46 ta quyosh panelli yoritish chirogʻi oʻrnatildi. 800 metrdan ortiq masofada piyodalar yoʻlagi qurildi.

– Mazkur inshootning umumiy qiymati 80 milliard soʻmni tashkil etadi, – dedi viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev. – Ilgari bir kunda oʻrtacha 48-marta poyezd qatnovi natijasida piyodalar, avtotransport vositalari harakati umumiy hisobda yetti, sakkiz soatga toʻxtatilardi. Bu transport vositalari orqali aholi qatnovi, tez tibbiy yordam va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda muammolarni keltirib chiqargan. Yangi obyekt bir sutkada 7 mingta avtomobilni oʻtkazish imkoniyatiga ega. U hududda transport harakatida oʻziga xos yechim vazifasini bajarib, tumanning zamonaviy qiyofasini yaratishga asos boʻlmoqda.

– Keyingi paytda avtomobillar soni ortib bormoqda, – deydi mehnat faxriysi Nuriddin Xudoyorov. – Ushbu avtomobil yoʻli hamda temir yoʻl kesishmasining ikki tomonda zavodlar boʻlgan. Aholi yashagan. Natijada xalqimiz bu yerda soatlab kutib qolishiga toʻgʻri kelardi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan shunday zamonaviy yoʻl oʻtkazgich qurildi. Bu inshoot xalqimizga katta qulaylik yaratadi. Hammaning vaqti tejaladi, uzogʻi yaqin, ogʻiri yengil boʻladi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring