“Bu kelishuv yutuq emas. Yevrokomissiya kuchli bosim ostida taslim boʻldi” — Yevropa Parlamenti vitse-prezidenti AQSH bilan savdo kelishuvini tanqid qildi
Foto: AP
Bryussel va Vashington oʻrtasidagi boj toʻlovlari boʻyicha kelishuv Yevropa Ittifoqining AQSHga tuzilmaviy qaramligini oshiradi va Yevropaning zaifligini koʻrsatadi. Bu fikrlarni Yevropa Parlamenti vitse-prezidenti Katarina Barli aytib oʻtdi.
Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen va AQSH prezidenti Donald Tramp 27-iyul kuni savdo kelishuviga erishgandi. Unga koʻra, Yevropa Ittifoqining AQSHga eksport qilinadigan deyarli barcha tovarlari endi 15 foizlik bojxona toʻlovlariga tortiladi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi AQSHdan suyultirilgan gaz, yadroviy yoqilgʻi va qurol sotib olish majburiyatini oldi.
“Teng shartlar asosida adolatli kelishuv oʻrniga, endi Yevropaning asosiy tarmoqlariga ogʻirlik qiladigan va AQSHga tarkibiy jihatdan qaramligimizni yanada chuqurlashtiradigan murosaga erishildi”, — deydi Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi vakili Barli “Tagesspiegel” nashri bergan intervyusida.
Uning soʻzlariga koʻra, nafaqat tariflar, balki Yevropaning strategik suverenitetini saqlab qolish ham muhim.
“Bu kelishuv yutuq emas, balki Yevropa zaifligining yaqqol belgisidir. Yevrokomissiya kuchli bosim ostida taslim boʻldi”, — deya qoʻshimcha qiladi siyosatchi.
Uning fikricha, kritik texnologiyalar, Yevropa raqamli infratuzilmasi va umumiy xavfsizlik arxitekturasiga koʻproq sarmoya kiritish kerak.
“Faqat shu yoʻl bilan Yevropa haqiqatan ham dunyoda oʻzini namoyon qilishi mumkin”, deb xulosa qildi Barli
Tramp avvalroq, 12-iyul kuni AQSH 1-avgustdan boshlab Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik bojlar joriy etishini, ilgari kiritilgan tarmoq bojlari esa oʻz kuchida qolishini aytgan edi. Yevropa Komissiyasi rahbari nomiga yoʻllangan maktubida, agar Yevropa Ittifoqi AQSH tovarlariga bojlarni oshirmoqchi boʻlsa, Qoʻshma Shtatlar oʻzining 30 foizlik tariflariga “bu raqamni” qoʻshishi qayd etilgan.
Lyayen oʻsha kuni Yevropa Ittifoqi Qoʻshma Shtatlar bilan muzokaralarni davom ettirishi haqida bayonot berdi, ammo agar ular muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, 1-avgustdan boshlab qarshi choralar koʻradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring