Bu yil kichik va oʻrta biznes loyihalari infratuzilmasi uchun 1,5 trln soʻm ajratiladi
Yaratilgan sharoitlar hisobiga uch yilda 250 mingta yangi korxona ish boshladi. Ularning koʻpchiligi “oyoqqa turib”, faoliyatini kengaytirishi uchun yer va bino kerak. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvida maʼlum qilindi.
“Hokimlar yerlarni tanlashda, eng avvalo, kengayish istagida yurgan, loyihasi tayyor tadbirkorlar soʻragan joylarni auksionga chiqarishi zarur”, dedi Prezident.
Masalan, Yunusoboddagi “Mingboyev robotiks” korxonasi nogironligi borlar uchun protez va ekzo-skeletlar yasab, 100 ga yaqin odamni faol ijtimoiy hayotga qaytargan. Tadbirkor faoliyatini kengaytirish uchun nogironligi boʻlgan odamlar bemalol kirib-chiqishi uchun qulay joy soʻragan.
Bunday yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlarga 10 ming kvadrat metrgacha boʻlgan davlat obyektlari 5-yilga bepul ijaraga berilishi belgilandi.
Shu bilan birga, bu borada yangi tizim joriy qilinadi: 15 ta tuman va shaharda barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta koʻp qavatli binoga koʻchiriladi. Yangi binolarning 1-2-qavatlari tadbirkorlarga sotiladi.
Ushbu tumanlarda davlat idoralaridan boʻshaydigan 150 ta bino auksionda tadbirkorlarga taklif qilinadi.
Bu yil kichik va oʻrta biznes loyihalari infratuzilmasiga ajratilishi belgilangan 1 trillion soʻmga qoʻshimcha 500 milliard soʻm ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring