“Bu gʻalaba va kuch signali”. Tramp Qoʻshma Shtatlar Mudofaa vazirligini Urush vazirligi deb nomladi
Foto: NBC
AQSH prezidenti Donald Tramp Mudofaa vazirligini Urush vazirligiga qayta nomlash haqida qaror qabul qildi. Bu haqda DW xabar berdi.
“Menimcha, bu gʻalaba va kuch signali hisoblanadi”, — dedi Oq uy rahbari jurnalistlar bilan suhbatda.
Trampning fikricha, yangi nom hozirgi dunyodagi vaziyatdan kelib chiqqan holda ancha toʻgʻriroq va muvofiqroqdir.
Pentagon rahbari Pit Xegset ham oʻz munosabatini bildirib, qayta nomlashni “faqat soʻz emas, balki harbiy etikani tiklash” deb taʼrifladi.
“Endilikda eng yuqori darajadagi oʻtkir kuch, qonunchilikdagi sustlik emas. Qatʼiy kuch, siyosiy tuzatishlar emas. Biz faqat himoyachilar emas, balki haqiqiy jangchilarni tarbiyalaymiz”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Shu bilan birga, rasmiy nom oʻzgarishi uchun AQSH Kongressining maʼqullashi talab etiladi. Respublikachi senatorlar Mayk Li, Rik Skott va Greg Styub bu borada qonun loyihasini kiritgan. Demokratlar esa tashabbusni “qimmat va eʼtiborni chalgʻituvchi” deb baholashmoqda.
Maʼlumot uchun, AQSH Mudofaa vazirligi hozirgi koʻrinishda 1947-yilda tashkil etilgan. Ungacha unga kirgan qoʻshin turkumlari alohida boʻlib, 1789-yildan 1947-yilgacha Urush vazirligi nomi bilan faoliyat yuritgan. 1947–1949-yillarda birlashgan idora Milliy harbiy departament deb atalgan, 1949-yildan esa Mudofaa vazirligi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring