Avstraliyada ikki doʻst akula hujumiga uchradi. Ulardan biri halok boʻldi
Avstraliyadagi qoʻriqlanmagan plyajda ikki kishi akula hujumiga uchradi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, voqea shu yilning 27-noyabr kuni tongda, Sidneydan taxminan 360 kilometr shimolda joylashgan “Kroudi Bay” milliy bogʻidagi qoʻriqlanmagan plyajda sodir boʻlgan.
Jabrlanuvchilar “GoPro” kamerasi bilan delfinlarni suratga olish uchun suvga tushgan vaqtda akula hujumiga uchragan. Avstraliya OAVning xabar berishicha, hujumga uchragan ikki shaxs ham sportchi boʻlgan.
Akula dastlab 25 yoshli ayolga hujum qilgan. Uning dugonasi ayolni qutqarishga harakat qilib, oʻzi ham jarohat olgan. Shunga qaramay, u doʻstini qirgʻoqqa olib chiqib, qutqaruvchilarni chaqirishga muvaffaq boʻlgan.
Yon atrofdagilar tibbiy yordam yetib kelgunga qadar ikki doʻstga ham yordam koʻrsatgan. Shunga qaramay 25 yoshli ayol dahshatli jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Uning 26 yoshli dugonasi ham jiddiy jarohatlar olgan va vertolyotda kasalxonaga yetkazilgan. Maʼlumot uchun, Avstraliyada yil davomida akula hujumlari oqibatida besh kishi halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring