Andijonda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

10:25 13 Sentyabr 2025 Jamiyat
211 0

Videodan kadr

Andijon viloyati sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasining katta yordamchisi 3 mln 800 ming soʻm pora bilan qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, sudya yordamchisi Andijon shahrida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan ayolning nomidan Andijon tumanlararo fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga daʼvo arizasi kiritib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ayolning sobiq turmush oʻrtogʻiga tegishli mol-mulklarning bir qismini uning foydasiga hal qilish haqida qaror chiqartirib berish evaziga 500 dollar talab qilgan.

Sudya katta yordamchisi hozirga qadar soʻralgan pul mablagʻidan 200 dollarni olgan.

Andijon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 3 mln 800 ming soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda sudya katta yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?