Andijonda yiliga 10 ming dona yuk avtomobili ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

18:29 19 Oktyabr 2024 Iqtisodiyot
427 0

Xitoyning “Faw Trucks” kompaniyasi rahbariyati vakillaridan iborat delegatsiya Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Delegatsiya hokimlik rahbariyati muzokaralar oʻtkazdi.

Muzokaralarga koʻra, kompaniya hamkorligida Andijonda umumiy qiymati 100 million dollar boʻlgan loyiha qurilishi boshlanadi. Loyiha yillik 10 ming dona yuk tashuvchi avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, qurilish ishlarini noyabr oyidan boshlashga kelishib olindi.

Uchrashuvdan soʻng delegatsiya aʼzolari Andijondagi “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy sanoat zonasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, “NAWAS” brendi ostida havo tozalash uskunalari, konditsionerlar ishlab chiqarish loyihasining bugungi kundagi qurilish ishlari haqida yaqindan maʼlumot berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?