Aliment toʻlovchilar sugʻurta polisi orqali xorijga chiqib kelishi mumkin boʻladi

10:15 27 Noyabr 2025 Hujjatlar
470 0

Illyustrativ foto

Kecha, 26-noyabr kuni Adliya vazirligi “Sud hujjati asosidagi ijro hujjatlarini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxslarning Oʻzbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash boʻyicha vakolatli davlat organlarining hamkorligi toʻgʻrisida“gi nizomga qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami: 3196-2).

Unga koʻra, aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxslar sugʻurta polisini ilova qilgan holda iltimosnoma bilan murojaat qilganda, davlat ijrochisi ularning chet davlatga chiqishi boʻyicha vaqtinchalik cheklovni toʻxtatib turadi.

Bu kabi sugʻurta turlari tegishli litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Sugʻurta polisining mavjudligi Majburiy ijro byurosi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimidan avtomatik ravishda aniqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?