Aholidan ichimlik suvi va oqova suv tizimlaridagi nosozliklar boʻyicha 9-17-yanvar kunlari 2 629 ta murojaat tushgan
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov maʼlum qildi.
Anomal sovuq ob-havo sharoitida aholi va korxonalarga ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida 9-yanvardan boshlab, respublika, viloyat, shahar va tumanlarda “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv xodimlaridan iborat kunu tun faoliyat olib boruvchi navbatchilik qismlari tashkil etildi.
Joylarda 2 219 nafar tarmoq ustalari va chilangarlaridan iborat jami 527 ta avariya brigadalari, 533 nafar xodimdan iborat dispetcherlik xizmatlari toʻliq shay holatga keltirildi. Ularni zarur texnika, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari hamda issiq kiyim-bosh bilan taʼminlash choralari koʻrildi.
Bundan tashqari, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida yetarli xom-ashyo materiallarining zaxirasi yaratildi. Quvurlarning muzlab qolishining oldini olish maqsadida daryo, soy va kanallar ustidan oʻtgan va suv quduqlaridan chiquvchi qariyb 3 700 km quvurlar hamda 90 mingga yaqin uskuna va jihozlar sovuqdan himoyalovchi maxsus vositalar bilan oʻrab chiqildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida 24/7 rejimida faoliyat olib borayotgan 12-55 qisqa raqamli koll-markaz xizmati va ijtimoiy tarmoqlar hamda sohadagi mavjud muammolarni oʻrganish va ularni bartaraf qilish boʻyicha tashkil qilingan «Suvtaʼminot/Vodosnabjeniye» telegram chati faoliyati kuchaytirilgan rejimga oʻtkazildi.
Xususan, 9-17-yanvar kunlari “Oʻzsuvtaʼminot” AJning 12-55 qisqa raqamli koll markazi va hududiy dispetcherlik xizmatlariga ichimlik suvi va oqova suv tizimlarida nosozliklar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida jami 2 629 ta xabar kelib tushgan boʻlib, avariya-tiklash brigadalari ishchi-xodimlarining saʼy-harakatlari bilan ushbu nosozliklarning 97 foizi, yaʼni 2 542 tasi bartaraf etildi.
Markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti boʻlmagan 1 735 ta aholi punktlariga, shuningdek, ichimlik suvi tizimlarida nosozlik sodir boʻlgan davrlarda aksiyadorlik jamiyatining 212 ta maxsus suv tashuvchi texnikalari orqali ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berilishi alohida nazoratga olindi.
Bundan tashqari, aholi xonadonlaridagi ichki tarmoqlar suv taʼminoti korxonalarining balansiga kirmasligiga qaramasdan, suv taʼminoti korxonalari anomal sovuq ob-havo tufayli aholi xonadonlaridagi muzlab qolgan ichki tarmoqlarni muzdan eritishda muntazam ravishda amaliy yordam koʻrsatib kelmoqda. Buning uchun alohida brigadalar tashkil etilib, koʻp qavatli uy-joylar va aholi xonadonlariga murojaat asosida koʻmak koʻrsatilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring