Abduqodir Husanov va uning jamoasi Manchester derbisida gʻalaba qozondi
Kecha, 14-sentyabr kuni Angliya Premyer-ligasi 4-turidan oʻrin olgan bahslar yakunlandi. Soʻnggi bahsda Manchester shahrining ikki grand jamoasi — “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” oʻzaro toʻqnash keldi.
Uchrashuv 3:0 hisobi bilan “shaharliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Erling Holand (2 ta) va Fil Foden mualliflik qildi. Shu tariqa 6 ochko toʻplagan “Manchester Siti” APL turnir jadvalida 8-oʻringa koʻtarilib oldi.
Oʻyindan keyin “Sofascore” portali “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandning oʻyinini 9,4 ballga baholadi. Bu joriy mavsum Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoa futbolchilariga qoʻyilgan eng yuqori baho boʻldi.
Shuningdek, oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning oʻyindagi harakatlari 7,4 ballga baholandi. Bu ushbu oʻyinda harakat qilgan himoyachilar orasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, “Manchester Siti” jamoasi keyingi oʻyinini 19-sentyabr kuni oʻtkazadi. Oʻsha kun jamoa UEFA chempionlar ligasi doirasida “Napoli” bilan kuch sinashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring