2024-yilda Oʻzbekiston birjasida qariyb 3 tonna oltin va kumush sotildi
Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi maʼlumotiga koʻra, 2024-yil davomida birja savdolari orqali 2 912,1 kilogramm oltin va kumush sotilgan. Bu haqida “OʻzA” maʼlumot berdi.
Unga koʻra, 2024-yil davomida 2 535,1 kilogramm oltin birja orqali sotilgan boʻlib, uning 1 grammi uchun oʻrtacha narx 977,5 ming soʻmni tashkil qilgan. Kumush savdolari hajmi esa 377 kilogrammga teng boʻlib, 1 gramm uchun oʻrtacha narx 11 325,2 soʻmni tashkil etdi.
Shuningdek, joriy yilning birinchi oyida tadbirkorlar birja orqali 195,7 kilogramm oltin xarid qilgan. Yanvar oyida 1 gramm oltinning oʻrtacha narxi oʻtgan yilgi narxdan sezilarli darajada oshib, 1 million 122,2 ming soʻmga yetgan.
“Qimmatbaho metallarning boshlangʻich narxi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining birja bitimi tuzilgan sanadagi kursiga muvofiq, London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining soʻnggi tonggi fiksingi asosida belgilanadi”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, hozirda London bozorida oltinning 1 unsiyasi uchun belgilangan narx 2 931,9 AQSH dollarini tashkil etmoqda.
Taʼkidlash joizki, bugungi kunda “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ qimmatbaho metallarni sotuvchi kompaniyalar birja bozorida ishtirok etmoqda. Xaridorlar asosan sanoatda ishlatiladigan mahsulotlarni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan korxonalar va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring