Importdan arzonroq mahalliy mahsulot yaratgan davlat korxonalari muhandislariga mukofot beriladi

Mahalliy mahsulotlarni koʻpaytirish uchun tashkil qilinadigan alohida jamgʻarma hisobidan mahalliylashtirish loyihalariga 10-yilgacha xorijiy valyutada 6 foizli, milliy valyutada 12 foiz kredit ajratiladi. Tadbirkorlarga ilgʻor texnologiyalar transferi uchun 1 million dollargacha, sanoat startaplari uchun 1 milliard soʻmgacha kompensatsiya beradi.

16:31 13.02.2026
Oʻtgan yili xorijiy tashriflar doirasida 135 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishildi

Bundan tashqari shu yilning oʻzida Turkiya bilan 9 milliard, Pokiston bilan 1 milliard 428 million dollarlik investitsiya bitimlari imzolandi.

16:22 13.02.2026
Oʻzbekistonda “Yagona milliy loyiha boshqaruvi” platformasi yaratiladi

Davlatimiz rahbari raisligida oʻtayotgan yigʻilishda investitsiya loyihalari bilan ishlash boʻyicha yangi tizimga oʻtilishi belgilandi.

16:08 13.02.2026
Bu yil 50 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilish boʻyicha reja qilingan

Prezidentimiz yangi loyihalar, eng avvalo, yuqori qoʻshilgan qiymatli va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishga, xomashyo va energiya resurslaridan samarali foydalanishga, yuqori daromadli ish oʻrinlarini yaratib, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qilishi kerakligini yana bir bor qayd etdi.

16:00 13.02.2026
Respublika sanoati kamida 8,5 foizga oʻstiriladi

Bu boʻyicha mutasaddilarga tarmoqbay va hududbay reja tasdiqlash vazifasi qoʻyildi.

15:54 13.02.2026
“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimidan ozod etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi A.Sultonovni lavozimidan ozod etishga koʻrsatma berildi.

15:42 13.02.2026
Olis va chekka hududlarda xorijiy tillarga oʻqitish markazlarini tashkil etish uchun BHMning 320 baravari miqdorida foizsiz qarz ajratiladi

Qarz yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yurituvchi jismoniy shaxslarga va ustav fondi (ustav kapitali)ning kamida 50 foizi qarz ajratilishi vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishli boʻlgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi.

15:41 13.02.2026
Prezident hududiy sanoatni rivojlantirish boʻyicha hokimlarga savollar koʻpligini aytdi

Qayd etilishicha, soʻnggi uch yilda jami investitsiyalar 1,8 barobarga koʻpaygan, lekin ayrim tumanlarda investitsiyaning sanoatga taʼsiri koʻrinmayapti.

15:36 13.02.2026
Oilaviy tadbirkorlar soni boʻyicha qaysi viloyat yetakchi ekani aytildi

2026-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan oilaviy tadbirkorlar soni 5 575 tani tashkil etgan.

15:33 13.02.2026
Strategik korxonalar “Yagona gʻaznachilik” axborot tizimi bilan qamrab olinadi

Bu orqali barcha xaridlarni risk-tahlil asosida “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratib, samarasiz xarajatlarga butunlay chek qoʻyilishi qayd etildi.

15:22 13.02.2026
DXX 1 mln dollarlik giyohvandlik vositalari saqlanayotgan narkolaboratoriyani fosh qildi (+video)

Telegram'dagi narkodoʻkon kuratorlari tomonidan belgilangan joylarga qoldirib ketilgan, sintetik giyohvandlik moddalarini tayyorlashda foydalaniladigan katta miqdordagi prekursorlar aniqlanib, operativ kuzatuvga olingan.

15:19 13.02.2026
Mahalliy korxonalar uchun xomashyo importi bojlari toʻliq qayta koʻrib chiqiladi

Davlatimiz rahbari kichik korxonalarning xomashyoga ehtiyojini aniqlab, qaysi davlatdan, qancha miqdorda va qanday narxda olib kelishi, transport xarajatini hisob-kitob qilib, xomashyo zaxirasini shakllantirish vazifasini qoʻydi.

15:16 13.02.2026
Oʻzbekistonda mis qazib olish hajmi va rudadan olinadigan metall ulushi koʻpaytiriladi

Buning uchun 57 ta maxsus texnika olib kelib, ruda qazib olishni 46 milliondan 64 million tonnaga oshirish, mahalliy korxonalar uchun birjaga har oy kamida 10 ming tonna mis chiqarish topshirildi.

15:09 13.02.2026
Andijonda yanvar oyida gaz oʻgʻirlash bilan bogʻliq 480 ta holat qayd etildi

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan isteʼmolchilar orasida hisoblagichni yechgan, tarmoqqa noqonuniy ulanish va unga tashqi taʼsir oʻtkazish kabi holatlar aniqlangan.

15:05 13.02.2026
Talabalar Senat faoliyati bilan tanishdilar

Parlament yuqori palatasi aʼzolari muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashib, ularning qiziqishlari, maqsadlari, Senat faoliyatidagi yangiliklar yuzasidan muloqot oʻtkazib kelmoqda.

15:04 13.02.2026
Prezident masʼullarga avtokredit stavkasini pasaytirishni topshirdi

Davlatimiz rahbari aholining mahalliy avtomobillarga talabini ragʻbatlantirish maqsadida avtokredit stavkasini pasaytirish va hajmini oshirish chorasini koʻrishni topshirdi.

14:58 13.02.2026
Xoʻjaylidagi xonadonda qariyb 627 million soʻmlik gaz oʻgʻirlandi

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

14:56 13.02.2026
Politico: AQSH Rossiya bilan tinchlik kelishuvisiz Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bermaydi

Xabarda aytilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp xavfsizlik kafolatlarini Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyga bosim oʻtkazish vositasi sifatida qoʻllamoqchi.

14:51 13.02.2026

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер