Talabalar Senat faoliyati bilan tanishdilar
Parlament yuqori palatasi aʼzolari muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashib, ularning qiziqishlari, maqsadlari, Senat faoliyatidagi yangiliklar yuzasidan muloqot oʻtkazib kelmoqda.
Xususan, Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi tomonidan Toshkent gumanitar fanlar universiteti talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida talabalarga Senatning asosiy faoliyat yoʻnalishlari, parlament yuqori palatasining vakolatlari, qonun ijodkorligi jarayonlari hamda qabul qilingan qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratining ayrim jihatlari haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Shuningdek, dolzarb qonunlarni qabul qilish, davlat dasturlari ijrosini taʼminlash va ijro hokimiyati organlarining hisobdorligini oshirish parlament faoliyatining ustuvor vazifalari ekani taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida talabalar Senat qoʻmitalari va devoni faoliyati, shuningdek, fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring