Xoʻjaylidagi xonadonda qariyb 627 million soʻmlik gaz oʻgʻirlandi
Xoʻjayli tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi, “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida Xoʻjayli tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, tumanning “Janga jap” OFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M. A. xonadonida gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi hisoblagichdan tashqari yashirin tarmoq tortib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh qilingan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 626 million 664 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan. Ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring