Politico: AQSH Rossiya bilan tinchlik kelishuvisiz Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bermaydi

14:51 13 Fevral 2026 Dunyo
868 0

Politico nashrining maʼlum qilishicha, Kiyev Moskva bilan tinchlik kelishuviga erishmaguncha, AQSH Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etmaydi.

Nashrga nomi oshkor etilmagan yuqori lavozimli amerikalik amaldorning bildirishicha, Donald Tramp xavfsizlik kafolatlarini muzokara jarayonida taʼsir oʻtkazish mexanizmi sifatida ishlatmoqda.

“U kelishuvni imzolashdan oldin koʻplab jihatlarni kelishib, mustahkamlab olishni istaydi. U shunchaki hujjatga imzo qoʻyishni xohlamaydi. Ayniqsa, agar bu muzokaralarga toʻsqinlik qilsa, bundan nima foyda?” — deya qayd etgan manba.

Manbaga koʻra, muzokaralarda asosiy bahsli masala hududiy muammo boʻlib qolmoqda.

“Har ikki tomon oʻz pozitsiyasida qatʼiy turibdi, ammo barcha olgʻa siljish imkoniyati mavjudligini his qilmoqda”, — deya taʼkidlagan u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?