Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Illyustrativ foto
Ukrainaning bir nechta mintaqalarida kecha, 20-fevral kuni tunda havo hujumi sirenasi yangradi, deb xabar bermoqda “Kontext” Telegram kanali.
Maʼlum boʻlishicha, Ukrainaning Odessa, Xarkov va Sumi viloyatlarida portlashlar qayd etilgan. Mamlakat havo kuchlari 120 ta drondan 106 tasini zararsizlantirganini xabar qildi. Bundan tashqari, Ukraina qurolli kuchlari maʼlumotlariga koʻra, mamlakatga qarata “Iskander-M” raketasi ham uchirilgan. 11 joyda 13 ta uchuvchisiz uchish apparati va bitta ballistik raketaning zarbalari qayd etilgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hujum oqibatida Odessa viloyatida ikki kishi jarohatlangan, energetika inshootiga zarar yetgan. Viloyatning uchta hududidagi binolar shikastlangan.
Shuningdek, Xarkov viloyatida soʻnggi 24 soat ichida besh kishi hujum qurboni boʻlgan. Yana besh kishi jarohatlanib, shifoxonaga joylashtirilgan. Hududdagi toʻqqizta bino turli darajada shikastlangan. Sumi viloyati rasmiylarining taʼkidlashicha, soʻnggi 24 soat ichida 21 ta aholi punktida oʻq otish, havo hujumlari va uchuvchisiz uchish apparatlari hujumlari haqida xabar berilgan. Uch nafar fuqaro jarohatlangan. Hudud boʻylab beshdan ortiq binolar zararlangan.
Rossiya Mudofaa vazirligining kundalik hisobotida “Himars” koʻp qirrali raketa uchirish moslamasi, “Flamingo” raketa uchirish moslamalari, Ukraina qurolli kuchlari tomonidan foydalaniladigan transport va energetika infratuzilmasi obyektlari, dronlarni yigʻish, saqlash va parvozdan oldingi tayyorgarlik joylari hamda harbiy xizmatchilari uchun vaqtinchalik joylashtirish punktlariga zarbalar berilgani toʻgʻrisida xabar berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring