“E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
“E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Hukumat qarori (74-son, 20.02.2026-y.) bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Sud ekspertizasini oʻtkazishda elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar almashinuvini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:
- elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar almashinuvini tashkil etish;
- sud ekspertizasini tayinlash va ish materiallarini yuborish;
- elektron axborot tizimlari orqali soʻrovlarni qabul qilish va tadqiqotlarni oʻtkazish;
- elektron axborot tizimlari orqali hujjatlar aylanishi tartibi va muddatlari;
- ekspertiza tadqiqotlari yakuniga koʻra xulosa tayyorlash va uni elektron axborot tizimlari orqali yuborish tartibi.
Maʼlumot uchun, Prezidentning 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ–270-son qaroriga asosan “E-ekspertiza” platformasini ekspertiza tayinlovchi organlarning axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilish orqali ekspertiza tayinlovchi organlar va sud-ekspertiza tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish qayd etilgan.
Ushbu Nizomga koʻra, ekspertiza tayinlovchi organlar va sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) va ish materiallari “E-ekspertiza” platformasi orqali yuborilmagan taqdirda, bunday qaror (ajrim) asosida sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan ekspertiza oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmasligi nazarda tutildi.
Shuningdek, Nizomga asosan elektron axborot tizimlari orqali kelib tushgan hujjatlarni ekspertiza tayinlovchi organga qaytarish asoslari belgilandi.
Bundan tashqari, “E-ekspertiza” platformasida shartnoma asosida toʻlov amalga oshirilishi lozim boʻlgan ish materiallari yuzasidan elektron toʻlov qilish imkoniyatlari yaratiladi.
Shu bilan birga, ekspertiza tayinlovchi organ (shaxs) oʻzi tomonidan tayinlagan ekspertizaning ijro holatini axborot tizimlari orqali onlayn kuzatib boradi.
Mazkur Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.
Taʼkidlash lozimki, mazkur Qaror sud ekspertizalarini oʻtkazishga sarflanadigan vaqtni keskin qisqartirilishiga, sud ekspertiza xulosalarini rasmiylashtirishda ortiqcha qogʻozbozlik, pochta xarajatlari va byurokratik holatlarga barham berilishiga, sud ekspertiza sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilishiga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring