“Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Bugun, 21-fevral kuni Turkiya Superligasining 23-turidan oʻrin olgan oʻyinlar start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Istanbul Bashakshehir” klubi safarda “Alanyaspor” klubi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 2:1 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 14-daqiqada Davi Zelke tomonidan ochildi. 44-daqiqada mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. 11 metrlik nuqtadan zarba yoʻllagan Eldor Shomurodov zarbada adashmadi va musobaqadagi 16-golini kiritdi. Birinchi boʻlim 0:2 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 67-daqiqasida “Alanyaspor” futbolchisi Florent Hadergyonay hisobni qisqartirdi. Shu tariqa bahs “Istanbul Bashakshehir”ning gʻalabasi bilan tugadi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev oʻyinni asosiy tarkibda boshladilar va har ikki futbolchi 70-daqiqada zaxiraga olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring