JSST: “Omikron”ning EG.5 subvarianti 51 davlatda roʻyxatga olindi

00:12 14 Avgust 2023 Dunyo
1637 0

Foto: Arxiv surat

Yaqinda Hindiston va Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutatsiyasi — EG.5 subvarianti tarqalayotgani haqida xabar bergandik.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida Eris deb nomlangan mazkur versiya boshqa mamlakatlarda ham qayd etilayotgani haqida maʼlumot berildi.

Xususan, EG.5 ayni paytgacha 51 davlatda aniqlandi. Ular qatorida AQSH, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya ham bor.

JSST rahbari Tedros Gebreyesus soʻzlariga koʻra, mazkur yangi mutatsiya hozircha Yer yuzi aholisi salomatligi uchun global darajada xavf tugʻdirmayotgan boʻlsada, uning dunyo boʻylab keng tarqalishi kasallanishlar soni keskin oʻsishiga olib kelishi mumkin.

Shu bois COVID-19ga qarshi emlash ishlarini davom ettirish lozimligi xususida hukumatlarga tavsiya berildi.

Eslatib oʻtamiz, “omikron” shtammining subvarianti hisoblangan EG.5 burun oqishi, bosh va tomoq ogʻrigʻi, aksirish hamda holsizlik kabi alomatlar bilan namoyon boʻlmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?