Mask: Oyda ilk shahar 10-yil ichida paydo boʻlishi mumkin
Amerikalik milliarder Ilon Mask Oyda ilk shahar 10-yildan kam muddat ichida paydo boʻlishi mumkinligini maʼlum qildi. Uning soʻzlarini TASS keltirdi.
SpaceX rahbarining aytishicha, kompaniya ushbu maqsadni oʻzi uchun eng ustuvor vazifalardan biri deb biladi.
“SpaceX oʻz eʼtiborini Oyda oʻz-oʻzini rivojlantira oladigan shahar qurishga qaratdi. Chunki bu maqsadga 10-yildan kam vaqt ichida yetishishimiz mumkin. Mars holatida esa bunga 20-yildan ortiq vaqt talab etiladi”, — dedi tadbirkor.
Mask qoʻshimcha qilishicha, Marsga parvoz qilish imkoniyati har 26 oyda bir marta ochiladi va sayohat taxminan yarim yil davom etadi. Oyga esa har 10 kunda bir parvoz uyushtirish mumkin boʻlib, uchish vaqti ikki kunni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, Mask SpaceX Marsda ham shahar qurishga intilishini taʼkidlab, ushbu yoʻnalishdagi ishlar taxminan 5–7-yildan soʻng boshlanishini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring