Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
AQSHda Kubadan kelayotgan milliy xavfsizlikka tahdid sabab favqulodda holat rejimi joriy etildi. AQSH prezidenti Donald Tramp bu haqda tegishli farmonni imzoladi.
Hujjatga koʻra, AQSH Kubaga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita neft yetkazib berayotgan har qanday davlatdan import qilinadigan mahsulotlarga qoʻshimcha boj toʻlovlarini joriy etish huquqiga ega boʻladi.
Tramp ushbu qarorni Kuba hukumati tomonidan koʻrilgan “favqulodda choralar” AQSH manfaatlariga zarar yetkazayotgani va milliy xavfsizlikka tahdid solayotgani bilan izohladi.
Farmonda taʼkidlanishicha, Kuba hukumati AQSHga nisbatan dushmanona pozitsiyadagi davlatlar va guruhlar, jumladan Rossiya, Xitoy, Eron, shuningdek HAMAS va “Hizbulloh” bilan hamkorlik qilmoqda.
“Milliy favqulodda vaziyatni bartaraf etish maqsadida quyida bayon etilgan tarif tizimini joriy etishni zarur va maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Ushbu tizimga muvofiq, Kubaga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita neft sotadigan yoki yetkazib beradigan xorijiy davlat mahsulotlariga qoʻshimcha advalor boj toʻlovi undirilishi mumkin”, — deyiladi hujjatda.
Bundan avval Tramp Kuba Venesuelaga bogʻliq boʻlib qolgani, u yerdan neft va moliyaviy yordam olib kelganini aytgan edi. AQSH prezidentining fikricha, hozirda Kuba “ip ustida turibdi” va iqtisodiy tanazzul yoqasida qolgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring