Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yoʻlida hali koʻp ishlarni qilishimiz zarur — Prezident

16:59 02 Dekabr 2025 Siyosat
132 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Paxtachilikka moslashgan viloyatning qishloq xoʻjaligi ham tubdan diversifikatsiya qilindi.

Baxmal, Gʻallaorol, Zomin, Yangiobod, Forish tumanlari bogʻdorchilikka ixtisoslashib, 28 ming gektar yangi bogʻ va tokzorlar barpo etildi.

Mirzachoʻl, Doʻstlik, Zafarobod, Zarbdor, Paxtakor, Arnasoyning choʻl hududlaridagi 12 ming gektar yerlarda ham bogʻ va sabzavot plantatsiyalari tashkil etildi.

Viloyatda 110 million dollar hisobiga 390 ming tonna meva-sabzavotni quritish, saqlash, qadoqlash, qayta ishlash quvvatlari yaratildi.

Umuman, soʻnggi sakkiz yilda Jizzaxda sanoat 2,5 trilliondan 25 trillion soʻmga, xizmatlar 2,5 trilliondan 20 trillionga, qishloq xoʻjaligi 9 trilliondan 30 trillion soʻmga oshgani taʼkidlandi.

“Albatta, bu – katta islohotlarimizning boshlanishi. Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yoʻlida hali koʻp ishlarni qilishimiz zarur”, dedi Prezidentimiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?