Jenevada 54 yil avval qabul qilingan Konvensiya ratifikatsiya qilinishi mumkin

12:38 27 Avgust 2024 Siyosat
290 0

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Xalqaro mehnat tashkilotining Haq toʻlanadigan taʼtillar toʻgʻrisidagi 132-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1970-yil 24-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda muhokama qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining axborot xizmati maʼlum qilgan.

Xabar qilinishicha, konvensiyaning asosiy maqsadi – barcha ishlaydigan xodimlarga dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish oʻrni (lavozimi) hamda oʻrtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan taʼtillarni taʼminlashdan iborat.

Qayd etish kerakki, bugungi kunda Konvensiya 38 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Mamlakatimizda xodimlarning mehnat huquqlarini, shu jumladan, dam olish va haq toʻlanadigan taʼtillardan foydalanish huquqlarini taʼminlash qonun loyihasining maqsad va vazifalari hisoblanadi.

Shuningdek, ushbu Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishga, Xalqaro mehnat tashkilotining hujjatlarida belgilangan mehnat huquqlarini, shu jumladan, dam olish va haq toʻlanadigan taʼtillardan foydalanish huquqlarini taʼminlash boʻyicha xalqaro standartlarni samarali joriy etishga xizmat qiladi.

“Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvoni taʼsis etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер