Zelenskiy Putin bilan yuzma-yuz uchrashishga tayyorligini bildirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi. Bu haqda The Hill nashri xabar berdi.
“Eng avvalo, bizga olovni toʻxtatishga olib keladigan uchrashuv kerak. Yuzma-yuz. Baʼzan bu zarur boʻladi, hatto agar bizga oʻsha yuzlar yoqmasa ham”, — dedi Zelenskiy.
Ukraina rahbari Putin bilan hududlar va boshqa masalalarni muhokama qilishga tayyorligini, buni “amerikaliklar orqali ham, yevropaliklar orqali ham emas, ularning qoʻllab-quvvatlashi bilan” amalga oshirishini taʼkidladi.
Avvalroq Vladimir Putin Zelenskiy bilan Moskvada uchrashishga tayyorligini bildirgan edi. Ukraina prezidenti esa bunga javoban Rossiya rahbarini Kiyevga taklif qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring