Kelasi yil Boyovutda “Sultonhovuz” suv omborining qurilishi boshlanadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident ishtirokida oʻtayotgan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ekin yerlarida suv taʼminotini yaxshilash uchun kelasi yil Boyovutda sigʻimi 100 million kub metr boʻlgan “Sultonhovuz” suv omborining qurilishi boshlanishi eʼlon qilindi.
Bu orqali Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo va Mirzaobod tumanlaridagi 110 ming gektarda yiliga 2-marta hosil olish imkoniyati yaratiladi.
Yerlarning meliorativ holatini saqlab turish uchun viloyatdagi 16 ming kilometr zovurlarni bosqichma-bosqich tozalash vazifasi qoʻyildi.
Viloyatdagi 200 ming gektarga yaqin ekin yerlari kuchli va oʻrta darajada shoʻrlangan. Shoʻrlangan yerlarni sogʻlomlashtirish boʻyicha pilot loyihani Sirdaryoda sinovdan oʻtkazib, natijasiga qarab, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.
Mutasaddilarga suv hisobini yuritish boʻyicha Sirdaryoni namunali hududga aylantirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Vengriyaning “Bonafarm” kompaniyasi Boyovut, Xovos, Mirzaobod va Yangiyerda parrandachilik klasterini tashkil qilishni boshladi.
Ushbu loyiha ishga tushsa, viloyat aholisining parranda goʻshti va tuxumga talabi toʻliq qoplanadi.
Xovos tumanida 50 gektar yer ajratilsa, vengriyalik tadbirkorlar texnopark tashkil qilib, 300 million dollar investitsiya kiritmoqchi.
Viloyat hokimligiga Vengriyaga borib, Sirdaryo viloyati imkoniyatlarini taqdimot qilish va loyihalar paketini shakllantirish topshirildi.
Vengriya tomoni Xovosning 2 ta mahallasida “aqlli qishloq” dasturini amalga oshirish taklifini bergan. Bunda mahallaga ajratilayotgan mablagʻlar shaffofligi, ehtiyojmand oilalarga berilayotgan koʻmak, boʻsh ish oʻrinlari, tadbirkorlar uchun imkoniyatlar yagona ochiq tizim orqali aholiga eʼlon qilib boriladi.
Viloyat hokimligi va Boshqaruv samaradorligi agentligiga vengriyalik hamkorlar bilan ushbu yangi tajribani boshlash topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring