Yanvar — oktyabr oylarida Oʻzbekiston 1,2 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

14:31 26 Noyabr 2024 Iqtisodiyot
367 0

Arxiv foto

2024-yilning yanvar — oktyabr oylarida Oʻzbekiston 1,6 million tonna meva va sabzavot eksport qildi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning xuddi shu davri bilan solishtirganda 15,7 foizga koʻproqni tashkil qiladi.

Eksportning qiymatida ham oʻsish kuzatilgan: meva va sabzavotlar eksportidan tushgan daromad 29,8 foizga oshib, 1,2 milliard dollarga yetdi.

Eksportdagi eng katta oʻrinni uzum, shaftoli hamda gilos egallagan:

174 ming tonna uzum eksport qilinib, 147,2 million dollar daromad;

103,5 ming tonna hajmida shaftoli sotilib, 96,9 million dollar daromad;

32,2 ming tonna miqdorida gilos eksport qilinib, 70,3 million dollar daromad taʼminlandi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston eksport faoliyatini rivojlantirishda qator davlatlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Bu meva-sabzavot mahsulotlarini nafaqat Markaziy Osiyo bozoriga, balki Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazib berishga imkon bermoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?