Yanvar– oktyabr oylarida 6 trillion soʻmlik mebel mahsulotlari ishlab chiqarildi

13:07 02 Dekabr 2025 Iqtisodiyot
208 0

2025-yilning yanvar– oktyabr oylarida Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan qariyb 6 trillion soʻmlik mebel mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Hududlar kesimida mebel ishlab chiqarish hajmi quyidagicha taqsimlangan:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 307,6 mlrd soʻm;
  • Andijon viloyati – 554,6 mlrd soʻm;
  • Buxoro viloyati – 333,5 mlrd soʻm;
  • Jizzax viloyati – 283,8 mlrd soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati – 244 mlrd soʻm;
  • Navoiy viloyati – 131,7 mlrd soʻm;
  • Namangan viloyati – 538,8 mlrd soʻm;
  • Samarqand viloyati – 338,2 mlrd soʻm;
  • Surxondaryo viloyati – 390,2 mlrd soʻm;
  • Sirdaryo viloyati – 84,4 mlrd soʻm;
  • Toshkent viloyati – 658,6 mlrd soʻm;
  • Fargʻona viloyati – 589,8 mlrd soʻm;
  • Xorazm viloyati – 264,8 mlrd soʻm;
  • Toshkent shahri – 1,3 trln soʻm.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 8,2 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?