Yangi yil arafasida koʻchalar ravonlashdi
Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Oʻrda mahallasi ahli “Tashabbusli byudjet“ loyihasining joriy yil ikkinchi mavsumida gʻalaba qozonib, 2850 metr uzunlikdagi ichki koʻchalarni asfaltlash uchun 1 mlrd. 499 mln. soʻm mablagʻni qoʻlga kiritgan edi. Kuni kecha bu yerda asfalt yotqizish ishlari yakuniga yetkazildi. Mahalladagi homiylar va aholi birgalikda boshqa koʻchalarni ham oʻz mablagʻlari hisobidan taʼmirlandi va hammasi boʻlib 4500 metr ichki yoʻllar ravonlashtirildi.

Maʼlumot uchun, tumanda “Tashabbusli byudjet”ning joriy yil ikkinchi mavsumida mahallalar tomonidan taklif etilgan 12 ta loyiha gʻolib deb topilgan va ichki yoʻllarni taʼmirlash bilan bogʻliq tadbirlarga qaratilgan edi. Ular ijrosi uchun 17 milliard 969 million soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring