Yana bir xalqaro hujjat ratifikatsiya qilinadi. U mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga oid

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida xalq vakillari “Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat xavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisidagi 187-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 2006-yil 15-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.
Qayd etilishicha, ushbu konvensiyaning asosiy maqsadi — ishlab chiqarishda shikastlanishlar, kasbiy kasalliklar va insonlar oʻlimining oldini olish uchun doimiy ravishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasini takomillashtirishdan iborat.
Xalqaro mehnat tashkilotining(XMT) ustuvor konvensiyalaridan biri boʻlgan ushbu hujjatga binoan mehnat xavfsizligi va gigiyenasini doimiy ravishda takomillashtirishga koʻmaklashish nazarda tutiladi. Bugungi kunda Konvensiyani 49 ta davlat ratifikatsiya qilgan.
Deputatlarning taʼkidlashicha, konvensiya qoidalarining aksariyati milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilingan. Xususan, Mehnat kodeksining 211-moddasiga binoan barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan boʻlishi kerakligi belgilangan boʻlsa, bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga yuklatilgan. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasida ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari belgilab berilgan.
Qolaversa, mamlakatimizda Mehnat kodeksi, mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va 300 dan ortiq mehnatni muhofaza qilishga oid qoidalar hamda meʼyorlar, texnik standartlar amaliyotga joriy etilgan.
Majlisda taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 187-sonli Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi milliy qonunchilikni yana-da takomillashtirishga, mehnat xavfsizligi va gigiyenasi sohasidagi xalqaro standartlarni samarali joriy etishga hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda mamlakatimizning ijobiy imijini shakllantirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring