“100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Ayni kunlarda Namangan viloyatida 64-Xalqaro gullar festivali boʻlib oʻtmoqda. “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari ijodiy jamoasi vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari chogʻida gullar shahrida oʻtkazilayotgan mazkur festivalda boʻldi.





Joriy yilning 25-may kunidan 29-iyun kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu Xalqaro festivalda Namangan shahridagi bogʻ va xiyobonlar 100 milliondan ortiq gullar bilan bezatilib, mehmonlarga mutaxassislar ishtirokida mahorat saboqlari berilmoqda.







Har yili nafaqat yurtimiz, balki xorijdan ham minglab sayyohlarni jalb etadigan mazkur festivalga tayyorgarlik doirasida koʻcha-xiyobonlarga 45 million, Bobur, Afsona va Yangi Oʻzbekiston bogʻlariga 65 million tup gul ekilgan.







Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida festival mehmonlariga xorijiy va mahalliy ishtirokchilar tomonidan maxsus maydonlarda tabiiy gullardan yaratilgan turli kompozitsiyalar, dizayn va dekoratsiyalar namoyish etilmoqda. Har bir gul kompozitsiyasi nafaqat goʻzallik va estetik zavq bagʻishlaydi, balki hududning betakrorlik va madaniy yuzini namoyon etuvchi ramziy maʼno ham kasb etadi.



Shuningdek, festival doirasida milliy estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar, modalar haftaligi, sport musobaqalari, sirk tomoshalari, hunarmandchilik koʻrgazmalari hamda turfa taomlar taqdimoti boʻlib oʻtishi ham rejalashtirilgan.



Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring